Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ingliz klubi "Barselona"ga 30 mln yevro taklif qildi

Ingliz klubi "Barselona"ga 30 mln yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga da’vogarlik qilmoqda. 21 yoshli futbolchiga ko‘plab turli klublar qiziqish bildirgan. So‘nggi taklif "Villa"dan tushdi: birmingemliklar xavbek uchun 30 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan, ammo futbolchining o‘zi "Barsa"da qolishga qat’iy qaror qilgan. Transfer amalga oshishi dargumon.

Mark Kasadoning Kataloniya grandi bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Umuman olganda, u "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va oltita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 08:24, 25.08.2025.
O'qildi: 2585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик