"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runining o‘g‘li 15 yoshli Kay Runi mankunianliklarning U-18 jamoasi safida yoshlar APLdagi ilk golini urdi.
U buni ikkinchi o‘yinda amalga oshirdi. "MYU" "Midlsbro" ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, gollardan biriga dog‘istonlik Amir Ibragimov mualliflik qildi.













