Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Jahon futboli afsonalari Milliy futbol markaziga tashrif buyurishdi

Jahon futboli afsonalari Milliy futbol markaziga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Dida, Karlos, Kannavaro, Materatsi, Maykon, Riberi, Makelele, Zakkardo, Serjinyo va Kurani kabi jahon futboli yulduzlarining O‘zbekistonda bo‘lib turganidan xabaringiz bor. Bugun futbol afsonalari Milliy futbol markaziga tashrif buyurib, yangi bunyod etilgan zamonaviy futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov hamrohligida mehmonlar sport tibbiyoti markazi, sog‘lomlashtirish va tiklanish bo‘limlari hamda futbolchilar istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan mehmonxona bilan tanishdilar. Afsonaviy futbolchilar ushbu yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadilar.

Shuningdek, Milliy terma jamoamiz va U-17 Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Futbol afsonalari jamoalarimizga samimiy tilaklar bildirib, oldinda turgan Jahon chempionatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:57, 27.08.2025.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик