Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Vlaxovichning kelajagini oshkor qildi

"Yuventus" Vlaxovichning kelajagini oshkor qildi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich bu yozda hech qayerga ketmaydigan ko‘rinadi. Turinliklar kelasi yili shartnomasi tugaydigan serbni sotishni rejalashtirgan, biroq hech kim bilan kelisha olmagan. Endi klubdagilar 25 yoshli futbolchi deyarli qolishini tasdiqlashdi.

"Dushan bu mavsumda 99 foiz ehtimol bilan "Yuventus"da qolishini tasdiqlashi mumkin," - deya "keksa sinyora" bosh direktori Damyen Komollining so‘zlarini keltiradi Italiya OAV.

Vlaxovich uchun asosiy da’vogar "Milan" bo‘lib, u futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, forvard joriy mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida ketadi.

Kiritildi: 07:57, 29.08.2025.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик