Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" himoyachisi Akega APLning boshqa grandi qiziqmoqda

"Manchester Siti" himoyachisi Akega APLning boshqa grandi qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake "Tottenxem" radarlariga tushib qoldi. O‘tgan mavsum niderlandiyalik futbolchi uchun jarohatlar tufayli omadsiz kechdi - barcha musobaqalarda atigi 20ta o‘yin. Joriy mavsumda futbolchi bir marta maydonga tushdi - aynan "shporlar"ga qarshi o‘yinda (0:2) harakat qildi. Jurnalist Din Jons xabariga ko‘ra, londonliklar Ake transferini muhokama qilish uchun "shaharliklar" vakillari bilan bog‘langan. "Siti" 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyormi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.

Natan Akening amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati Transfermarkt talqiniga ko‘ra 25 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:37, 29.08.2025.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик