Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘mon Toshkentga 26 futbolchi bilan keldi

O‘mon Toshkentga 26 futbolchi bilan keldi

Baho:
+ | -

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi kubogida ishtirok etish uchun O‘mon terma jamoasi Toshkentga yetib keldi.

Bugungacha jamoa portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush boshchiligida Turkiyada "Fenerbaxche" klubi bazasida 8 kun davomida yig‘in o‘tkazdi.

Yig‘inda asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratildi. Chunki futbolchilar yangi mavsum oldidan klublari bilan yetarli mashg‘ulot o‘tkazmagan va mahalliy chempionatda ham bor-yo‘g‘i bitta tur o‘tkazilgan edi. Karlush Keyrush Instagram orqali "Aziz muxlislar, futbolchilar va murabbiylar shtabi! Birlashish vaqti keldi. Egoizmga yoki orzu-umidimizni qo‘llab-quvvatlamaydiganlarga o‘rin yo‘q. Hushyor bo‘ling, chodir ichidagi soxta do‘st mingta tashqi dushmandan ham xavfliroq", — deb yozdi.

Toshkentga kelgan O‘mon terma jamoasi ro‘yxatida 26 nafar futbolchi bor:

Darvozabonlar — Ibrohim Muhayniy, Fayz ar-Rashidiy, Bilol al-Balushiy, Ahmad ar-Ruvahiy.

Himoyachilar — Ahmad al-Ka’biy, Ali al-Busa’idiy, Mahmud al-Mushayfiriy, Mus’ab ash-SHaqsiy, Amjad al-Horisiy, Soniy ar-Rashidiy, G‘onim al-Hubshiy.

Yarimhimoyachilar — Sulton Badr al-Marzuqiy, Ohod al-Hubshiy, Mus’ab al-Ma’moriy, Horib as-Sa’diy, Arshad al-Alaviy, Abdulloh Favvoz Arafa, Xotam ar-Ruvahiy, Zohir al-Ag‘bariy, Jamil al-YAhmadiy, Ahmad ar-Riyomiy, Nosir ar-Ruvahiy, Saloh al-YAhyoiy.

Hujumchilar — Muhammad bin Muborak al-G‘ofiriy, al-Munzir al-Alaviy.

O‘zbekistonga qarshi ilk uchrashuvdan keyin jamoaga yana uch futbolchi — Muxsin al-G‘assoniy, Xolid al-Briykiy va Abdurrahmon al-Mushayfiriy qo‘shiladi. Shuningdek, Isom as-Subhiy ham kelishi mumkin, ammo bu uning klubi — Iroqning "Quva al-Javiyya" jamoasi roziligiga bog‘liq.

Bu O‘mon milliy terma jamoasining Toshkentga to‘rtinchi tashrifidir. Birinchi marta jamoa 2002 yilgi JCH saralashida doirasida Toshkentda O‘zbekistonga 0:5 hisobida yutqazgan.

2014 yil 27 va 29 may kunlari o‘monliklar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan: avval Olmaliqda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan (gol muallifi — Ahmad bin Muborak Kanu), keyin esa Toshkentdagi "Jar" stadionida 1:0 hisobida (gol muallifi — Iyd al-Forsiy) g‘alaba qozongan. Keyingi tashrif esa ikki yil oldin Markaziy Osiyo chempionatida bo‘lib o‘tgan va o‘sha uchrashuvda O‘zbekiston 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:08, 29.08.2025.
O'qildi: 1590 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.