Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" Jeksonning ijarasi uchun rekord summa taklif qildi

"Bavariya" Jeksonning ijarasi uchun rekord summa taklif qildi

Baho:
+ | -

"Bavariya" va "Chelsi" hujumchi Nikolas Jekson bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. "Ko‘klar" 24 yoshli futbolchiga umid qilmayapti, ammo myunxenliklarga u juda kerak - ular kelishuvni yakunlash ustida qattiq ishlamoqda.

"Bavariya" Jeksonning ijarasi uchun "Chelsi"ga taxminan 15 million yevro taklif qildi - menimcha, bu ijara haqi haqida gapiradigan bo‘lsak, jahon futboli rekordi," - dedi taniqli insayder Fabrisio Romano va nemis grandi forvardning maoshini to‘liq qoplashini qo‘shimcha qildi.

Shartnomaga sotib olish majburiyati kiritilishi kutilmoqda. Transfermarkt saytidagi Nikolas Jeksonning taxminiy narxi - 50 mln yevro.

Kiritildi: 08:23, 30.08.2025.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик