Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Here we go. Jekson "Bavariya"ga o‘tdi

Here we go. Jekson "Bavariya"ga o‘tdi

Baho:
+2 | -

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson ijara asosida "Bavariya"ga o‘tmoqda. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Bavariya" forvard ijarasi uchun "Chelsi"ga 15 million yevro to‘laydi. Shu bilan birga, shartnomada 80 million yevroga sotib olish imkoniyati ko‘rsatiladi. Tez orada Jekson kelishuvni yakunlash uchun Germaniyaga yetib borishi kerak.

2023 yilda "Chelsi" Jeksonni "Vilyarreal"dan 37 mln yevroga sotib olgandi. Bu vaqt ichida senegallik 81 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

24 yoshli futbolchining "ko‘klar" bilan mehnat shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:16, 30.08.2025.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик