Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rabyo "Milan"ga o‘tmoqda

Rabyo "Milan"ga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

"Marsel" yarim himoyachisi Adriyen Rabyo Italiya A Seriyasiga qaytmoqda. "Milan" 30 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha "Marsel" bilan kelishuvga erishdi, deyiladi insayder Fabrisio Romanoning yangi hisobotida. Bitim qiymati - 10 mln yevro. Dushanba kuni fransuz tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va "rossonerilar" safiga o‘tishni yakunlaydi. Xavbekning shartnomasi 4 yilga mo‘ljallangan.

Adriyen Rabio o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U vataniga qaytgunga qadar besh yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:25, 01.09.2025.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик