Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Tottenhem» «PSJ» hujumchisi Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi

«Tottenhem» «PSJ» hujumchisi Kolo Muani bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

«Tottenhem» «PSJ» forvardi Randal Kolo Muani ijaraga oldi. Fransiyalik hujumchi 2025/2026 yilgi mavsumni Londonda o‘tkazadi. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchining o‘tishi haqida fikr bildirdi.

«Randal — yuqori darajadagi o‘yinchi, u yillar davomida Chempionlar ligasi klublarida o‘z salohiyatini isbotladi, shuningdek, Fransiya terma jamoasi bilan katta tajriba to‘pladi.

U yaxshi yoshda, karyerasining avjiga chiqqan payti. Premyer-liga va bizning uslubimizga mos sifatlarga ega. U hujumda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, qanotlar orqali ham, markaz orqali ham o‘ynash imkonini beradi.

Biz barchamiz Randal jamoaga nimalar bera olishi mumkinligidan xursandmiz va u bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman», — deya Daniya mutaxassisining so‘zlarini klubning rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Kolo Muani ijara asosida «Yuventus»da o‘tkazgan edi. A Seriyada u 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:04, 02.09.2025.
O'qildi: 1152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик