Tidjani Reynders yangi klubi "Manchester Siti"da porlab, Yevropada tobora katta obro‘ qozonayotgan bir paytda, uning ukasi Eliano butunlay boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi.
U Niderlandiyaning "Zvolle" klubini tark etib, tarixiy vatani - Indoneziyaga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, bu orol davlat bir vaqtlar Niderlandiyaning Bataviya deb nomlangan mustamlakasi bo‘lgan - shuning uchun Niderlandiyada indoneziya millati vakillari ko‘p.
Eliano Indoneziya terma jamoasida o‘ynashni va uni jahon chempionatining final bosqichiga qaytarishni xohlaydi.
Shuning uchun Eliano Indoneziyaning "Persib Bandung" klubiga ko‘chib o‘tdi.













