"Chelsi" vingeri Rahim Sterling yozgi transfer oynasida o‘ziga yangi jamoa topa olmadi.
The Sun xabariga ko‘ra, 30 yoshli ingliz endi yanvar oyigacha "Chelsi" asosiy jamoasida alohida shug‘ullanadi va o‘yinlar qaydnomasiga kiritilmaydi.
U "ko‘klar" safida haftasiga 300 ming funt maosh oladi. Bu borada u klubda yetakchilardan.













