"Barselona" yarim himoyachisi bel qismidagi jarohat tufayli qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi bugun, 8 sentyabr kuni belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi Niderlandiya terma jamoasida o‘ynab jarohat olgan, shu bois u katta ehtimol bilan “Barselona”ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
De Yong joriy mavsumda La Ligada ikkita o‘yin o‘tkazdi, ammo gol ura olmadi.













