Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

FIDE Grand Swiss. 5-turda 6 nafar vatandoshimiz g‘alaba qozonishdi, Abusattorov 8 soatlik partiyada durang qayd etdi

FIDE Grand Swiss. 5-turda 6 nafar vatandoshimiz g‘alaba qozonishdi, Abusattorov 8 soatlik partiyada durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqasi doirasida kecha 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 9 nafar hamyurtimizlar orasida 3 nafari kecha g‘alaba nashidasini surdi. Ular — Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Abdumalik Abdusalimov. Qolgan 6 nafar shaxmatchimiz esa durang qayd etdi.

Nodirbek Abdusattorov va turkiyalik 14 yoshli iqtidor egasi — Yagiz Kaan Erdogmush o‘rtasidagi partiya naq 8 soat davom etdi. Hamyurtimiz o‘yin davomida bir piyoda ustunligiga ega bo‘ldi. Ammo Nodirbek bu ustunlikni g‘alabaga aylantira olmadi. Turkiyalik shaxmatchi oxirigacha keskin qarshilik ko‘rsata oldi.

5-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev 3,5 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida mos ravishda 10 va 16-pog‘onalarni egallab turishibdi.

Qizlar orasida esa kecha 3 nafar vatandoshimiz g‘alaba qozonishdi — Guldona Karimova, Madinabonu Xalilova va Gulruhbegim Tohirjonova. Afruza Hamdamova Umida Omonova 5-turda durang qayd etishdi.

Shu tariqa, kecha o‘tkazilgan 5-tur bahslarida o‘zbek shaxmatchilarining hech bir mag‘lubiyatga uchramadi.

FIDE Grand Swiss 2025 — 5-tur natijalari (O‘zbekiston vakillari)

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Yagiz Kaan Erdogmush (Turkiya) - 0,5:05
Javohir Sindarov — Aleksandra Goryachkina (Rossiya) - 1:0
Nodirbek Yakubboyev — Shimon Gumularz (Polsha) - 0,5:05
Shamsiddin Vohidov — Divya Deshmux (Hindiston) - 1:0
Muhiddin Madaminov — Gabriyel Sargisyan (Armaniston) - 0,5:05
Jahongir Vohidov - Amin Bassim (Misr) - 0,5:05
Abdumalik Abdusalimov — Muhammad Muradli (Ozarboyjon) - 1:0
Ortiq Nig‘matov — Aleksey Sarana (Serbiya) - 0,5:05
Muhammadzohid Suyarov — David Anton Guiyarro (Ispaniya) - 0,5:05

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Yuliya Osmak (Ukraina) - 1:0
Guldona Karimova — May Narva (Estoniya) - 1:0
Afruza Hamdamova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya) - 0,5:05
Umida Omonova — Joka Gaal (Vengriya) - 0,5:05
Madinabonu Xalilova — Marsel Efroimski (Isroil) - 1:0

Musobaqada bugun 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn (Isroi)
Javohir Sindarov — Salim Solih (BAA)
Nodirbek Yakubboyev — Pranav (Hindiston)
Shamsiddin Vohidov — Xans Nimann (AQSH)
Muhiddin Madaminov — Maksim Chigayev (Ispaniya)
Jahongir Vohidov - Aleksandr Donchenko (Germaniya)
Abdumalik Abdusalimov — Murali Kartikeyan (Hindiston)
Ortiq Nig‘matov — Xaik Martirosyan (Armaniston)
Muhammadzohid Suyarov — Amin Bassim (Misr)

Ayollar (Women’s):
Afruza Hamdamova — Bibisara Assaubayeva (Qozog‘iston)
Gulruhbegim Tohirjonova — Xarika Dronavali (Hindiston)
Guldona Karimova — Mariya Muzichuk (Ukraina)
Umida Omonova — May Narva (Estoniya)
Madinabonu Xalilova — Stavroula Solakidu (Gresiya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:59, 09.09.2025.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.