Belgiyaning "Anderlext" klubi markaziy himoyachisi Yan-Karlo Simich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.
Simich hozirda Transfermarkt portalida 8 million yevroga baholanmoqda. Uning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.













