Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Burgutlar» Osiyo osmonidagi parvozga tayyorlanmoqda yohud OCHL 2 dagi ilk raqib haqida

«Burgutlar» Osiyo osmonidagi parvozga tayyorlanmoqda yohud OCHL 2 dagi ilk raqib haqida

Baho:
+ | -

«Andijon» futbol klubi 17 sentyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi 2 doirasida o‘zining ilk bellashuvini Turkmanistonda «Arkadag‘» klubiga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor. Hozirda barcha e’tibor bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.

«Andijon»ning OCHL 2 dagi ilk rasmiy raqibiga aylangan - «Arkadag‘» klubi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu jamoa tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. 2023 yilning 1 yanvar kuni mazkur jamoaga asos solindi. Shunga qaramay, qisqa vaqt ichida klub Turkmaniston chempionatida yangi lider sifatida gavdalana boshladi.

«Arkadag‘» «Chaqiriq» Kubogi musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda OCHL 2 ga yo‘l oldi. Hal qiluvchi o‘yinda «Arkadag‘» Kambodjaning «Svayriyeng» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ma’lumot uchun, «Chaqiriq» Kubogi OCHL Elit va OCHL 2 musobaqasidan keyingi o‘rinda turuvchi turnir sanaladi. «Arkadag‘» xuddi «Andijon» singari OCHL 2 da debyut mavsumini boshlaydi.

Turkmaniston «Yuqori» ligasida (bizning Superligamiz kabi) 8 ta jamoa ishtirok etadi. «Arkadag‘» shu kungacha 20 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, barchasida 100 foizli natija ko‘rsatdi, ya’ni, 20 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. 60 ochko bilan yakka peshqadamlik qilayotgan bu jamoa ikkinchi o‘rindagi “Altin Asr”ni 27 ochkoga ortda qoldiryapti. Jamoa chempionatda oxirgi o‘yinini 11 sentyabr kuni safarda «Merv» klubiga qarshi o‘tkazib 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Turkmaniston terma jamoasining asosini «Arkadag‘» klubi futbolchilari tashkil qiladilar.  Shuningdek, tarkibida faqat mahalliy futbolchilar to‘p surishmoqda, legionerlar xizmatidan foydalanishmaydi.

«Arkadag‘» yangi tashkil etilganiga qaramasdan umumiy hisobda 4 ta sovrin qo‘lga kiritishga ulgurdi. Jumladan, Turkmaniston chempionligi va mamlakat Kubogi sohibiga aylangan.

Klub uy o‘yinlarini Arkadag‘ shahridagi «Arkadag‘» stadionida o‘tkazib kelmoqda. O‘z bag‘riga 10 ming tomoshabinni sig‘diradi.

Shuningdek, «Arkadag‘» klubi mamlakat chempionatida 2023 yildan ishtirok etishni boshlagan bo‘lsa, hali shu kunga qadar mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. O‘tgan yili ham, undan oldingi yili ham 100 foizli natija qayd etdi. Faqat OFK tasarrufidagi “Chaqiriq Kubogi”da «Arkadag‘» ikki marta mag‘lubiyatga uchragan.

«Arkadag‘» futbolchisi Didar Durdiyev 14 ta bilan chempionatda to‘purar bo‘lib turibdi. Undan keyin Begench Ahmammedov 13 ta gol va Altimurat Annadurdiyev 12 ta bilan bormoqda. Qizig‘i, ular ham «Arkadag‘» a’zolari. Muxlislarimizga tanish bo‘lgan va O‘zbekiston chempionatida o‘ynagan Arslanmurad Amanov «Arkadag‘»da faoliyat olib boryapti.

Eslatib o‘tamiz, ertalab soat 08:00 da jamoamiz a’zolari o‘z muxlislari bilan birgalikda Andijon aeroportidan charter reys orqali Turkmanistonga jo‘nab ketadi.

«Andijon» jamoamizga bo‘lajak tarixiy uchrashuvda omad tilaymiz. Bizning ham o‘z maqsadimiz va rejalarimiz bor. «Burgutlar» Osiyo osmonidagi parvozga tayyorlanmoqda.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:36, 15.09.2025.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик