Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

YECHL. «PSJ» «Atalanta»ni yirik hisobda taslim etdi (videosharh)

YECHL. «PSJ» «Atalanta»ni yirik hisobda taslim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turi doirasida «PSJ» o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va jamoa yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Parijliklar uchrashuvni shiddat bilan boshladi: 3-daqiqada Markinyos Fabian Ruisning uzatmasini aniq yo‘lga qo‘yib hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Kvarasxeliya jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan hisobdagi farqni oshirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida hakam VAR yordamida penalti belgiladi, ammo Barkolya uni golga aylantira olmadi.

Ikkinchi taym boshlanishi bilan Nunu Mendesh qanotdan raqib jarima maydoniga kirib keldi va pastlatib zarba berilgan zarba evaziga hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin so‘ngida esa Ramush raqib himoyachisining xatosidan foydalanib, qo‘shimcha daqiqalarda to‘rtinchi golni urdi.

Shu tariqa, «PSJ» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi va muhim 3 ochko qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Markinyos tan olindi — u hisobni ochdi va birinchi bo‘limda raqib darvozasiga penalti ishlab olgan.

Liga chempionlari. Umumiy bosqich, 1-tur
17 sentyabr. Parij. «Park-de-Prens» stadioni
PSJ (Fransiya) — Atalanta (Italiya) 4:0 (2:0)
Gollar: Markinyos, 3 (1:0). Kvarasxeliya, 39 (2:0). Nunu Mendesh, 51 (3:0). Ramush, 90+1 (4:0).
PSJ: Shevalye; Xakimi, Markinyos, Skrinar, Nunu Mendesh (Zabarniy, 72); Fabian Ruis (Zair-Emeri, 58), Joau Nevesh (Ramush, 65), Vitinya; Kvarasxeliya (Mbay, 72), Barkola, Mayulu (Li Kan In, 58).
Atalanta: Karnesekki; Bellanova, Djimshiti (Skalvini, 72), Kossunu, Xin; de Roon, Bernaskoni, Musa (Breshianini, 72), Pashalich; De Ketelare (Samardjich, 46), Maldini (Krstovich, 46).
Hakam – Sandro Sherer (Shveysariya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:10, 18.09.2025.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.