Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Sergey Chigodayev: «Bizning futbolchilar tezkor va texnik jihatdan raqibdan ustunlik qilishdi»

Sergey Chigodayev: «Bizning futbolchilar tezkor va texnik jihatdan raqibdan ustunlik qilishdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodayev Chernogoriyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinidan (3:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugungi uchrashuv haqida:
— Bugungi o‘yin biz uchun qiyin kechdi. Chunki raqibimiz jismoniy jihatdan kuchli, ularga qarshi yakkakurashlarda biroz qiyinchilikka duch keldik. Lekin bizning futbolchilar tezkor va texnik jihatdan raqibdan ustunlik qilishdi. Shu sababli bugungi uchrashuvda g‘alaba qozona oldik.

Birinchi bo‘limda futbolchilarimiz biroz hayajonlanishdi. Biroq ikkinchi bo‘limda barchasini nazorat qila boshladik. Bolalar har qanday jamoaga qarshi o‘ynay olishlarini namoyish etishdi.

Navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik haqida:
— Albatta bu o‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz, nimada xato qildik, ustun jihatlarimiz qanday edi — ularni ko‘rib chiqamiz. Ikkinchi o‘yinga yanada yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:09, 18.09.2025.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик