Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Barselona» murabbiyi Flik Reshfordni mashg‘ulotga kech qolgani uchun jazoladi

«Barselona» murabbiyi Flik Reshfordni mashg‘ulotga kech qolgani uchun jazoladi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Markus Reshford jamoaning La Liganing 5-turida «Xetafe»ga qarshi o‘yinida (3:0) asosiy tarkibdan joy olmadi. Sababi — o‘yindan oldingi mashg‘ulotlardan birida futbolchi kech qoldi.

Sport.es nashrining RAC1 manbasiga tayanib xabar berishicha, shunday tarzda “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoada intizomni mustahkamlamoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yo‘ldagi qiyin vaziyat sabab angliyalik futbolchi mashg‘ulotga uch daqiqa kech qolgan. Ammo hatto shunday kichik intizomsizlik ham murabbiy tomonidan jiddiy deb baholandi va futbolchi zaxirada qoldirildi.

Reshford 46-daqiqada maydonga tushdi va Dani Olmoga golli uzatma berdi.

Avvalroq «Barselona»da kech qolish uchun Jyul Kunde, Inyaki Penya va Rafinya ham jazolangan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:37, 22.09.2025.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик