Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiyalik mashhur murabbiy Kontening uslubi haqida fikr bildirdi

Italiyalik mashhur murabbiy Kontening uslubi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Italiyalik mashhur murabbiy Arrigo Sakki A Seriya doirasidagi "Napoli" - "Piza" uchrashuvi yuzasidan fikr bildirdi. To‘rtinchi tur doirasidagi uchrashuv Antonio Konte shogirdlarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Konteni bilaman, u o‘z futbolchilarini o‘tkazib yuborilgan 2 ta gol uchun koyib, to‘liq qoniqmaganini aytadi. Bu uning usuli va hozircha u juda yaxshi natijalar bermoqda. Endi vazifa jamoa atrofidagi eyforiyani yengib, konsentrasiyani saqlab qolishdan iborat bo‘ladi", - deya Sakkining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

"Napoli" 4 o‘yindan 4 tasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Yuventus" hisobida 10, "Milan" va "Roma"da 9 ochkodan bor.

Kiritildi: 16:10, 23.09.2025.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик