Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso Kamavinganing jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

Xabi Alonso Kamavinganing jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing o‘yinidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaqinda jarohatini davolagan fransuz La Liganing "Levante"ga qarshi o‘yinida 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu vaqtga kelib tabloda 4:1 hisobi porlab turgan edi.

"Kamavinga ajoyib holatda. U juda harakatchan, ko‘plab fazilatlarga ega o‘yinchi va men uning qaytganidan xursandman. U Jud Bellingem kabi asta-sekin ko‘nikib boradi. Eduardo biz uchun muhim bo‘ladi," - dedi Alonso o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eduardo Kamavinga jarohat tufayli deyarli besh oy - apreldan sentyabrgacha maydonga tushmadi.

Kiritildi: 13:01, 24.09.2025.
O'qildi: 905 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик