Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Sautgempton" murabbiyi Ekitike haqida: "O‘yindan oldin u gol urishini, keyin futbolkani menga berishini aytdi"

"Sautgempton" murabbiyi Ekitike haqida: "O‘yindan oldin u gol urishini, keyin futbolkani menga berishini aytdi"

Baho:
+ | -

Vill Still Liga kubogi o‘yini oldidan Ugo Ekitikening so‘zlari haqida gapirdi.  "Sautgempton" bosh murabbiyi Still "Reyms"da Ekitike bilan ishlagan.

"Liverpul" hujumchisi "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda (2:1) tanaffusdan so‘ng darhol zaxiradan maydonga tushdi va 53-daqiqada raqibni to‘xtatib, keyin to‘pni qaytarib yuborgani uchun ogohlantirildi.

85-daqiqada Federiko Kyezaning uzatmasidan unumli foydalangan fransuz aniq zarbasi bilan mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan so‘ng Ekitike futbolkasini yechib, tribunaga ko‘rsatdi. Bosh hakam Tom Bremell gol muallifiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

"Bu shunchaki kulgili. O‘yin oldidan uchrashdik va u maydonga tushib, gol urishini, keyin futbolkani menga berib ketishini aytdi. 

Unga munosib baho berish kerak. "Reyms" uni "PSJ"ga 50 mln funtga sotdi, shuning uchun biz uning nimalarga qodirligini bilardik. U doimiy xavf tug‘diradi va unga qarshi o‘ynash juda yoqimsiz", - dedi Still.

Kiritildi: 15:32, 24.09.2025.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик