Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Ramazon Temirov UFC’ga qachon qaytishini ma’lum qildi

Ramazon Temirov UFC’ga qachon qaytishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov doping qoidalarini buzganlikda ayblanib, 6 oyga diskvalifikasiya qilinganini e’lon qildi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Oxirgi doping nazorati tahlillari chiqdi, hammasi toza. Menga faqatgina 6 oylik diskvalifikasiya berildi. Bu jazoga sabab — qonun-qoidalardagi ayrim buzilishlar. Xudo xohlasa, mart oyida oktagonga qaytaman. Yaxshiyamki, ikki yoki to‘rt yilga taqiq qo‘yilmadi, faqat olti oy. Bu vaqt ichida kim do‘st, kim soxta — barchasi ayon bo‘ldi. Avval yonimda 10–15 kishi bo‘lardi, hozir esa faqat haqiqiy yaqinlarim. Alhamdulillah, sabr bilan kutyapmiz. Mart oyidan yana boshidan boshlaymiz”, deya yozdi Temirov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Ramazon Temirov Qozog‘istonlik aralash jang san’ati ustasi Asu Almabayevga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq jang oldidan o‘zbekistonlik sportchining doping namunalarida taqiqlangan modda aniqlangani sababli bahs bekor qilingan edi.

Sportchi Tailandda o‘tkazgan mashg‘ulotlar chog‘ida infeksion yara bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Davolanish jarayonida shifokor tavsiya qilgan dori vositasining tarkibida taqiqlangan modda bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:57, 25.09.2025.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.