Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 3-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Kamoliddin Tojiyev: «Darvozabonlarimiz raqibning penaltilarini ko‘rib chiqishgan edi»

Kamoliddin Tojiyev: «Darvozabonlarimiz raqibning penaltilarini ko‘rib chiqishgan edi»

Baho:
+ | -

Kubok yarim finalidan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Yaxshi jamoa bilan o‘ynadik. Birinchi bo‘limda biroz o‘yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, o‘zimizga keldik. Vaziyatlar yaratdik. "Dinamo"da ham vaziyatlar bo‘ldi, teng o‘yin bo‘ldi. Bugun ikkita yaxshi jamoa kurash olib bordi. Raqib ham bekorga tepa o‘rinlarda emas.  Ha, asosiy vaqtda hal qilmoqchi edik. Biroq ish penaltilargacha bordi.

Ikkita o‘yinda gol ura olmadik, to‘g‘ri. Oldingi bahsda "Sho‘rtan" 10 kishi bo‘lib himoyalandi. Ularni yorib o‘tish qiyin bo‘ldi. Bugun vaziyatlar yaratdik, omadimiz kelmadi. Har doim ham ko‘p gol urib bo‘lmaydi. Raqiblar ham bizni o‘rganadi. Ikki-uch vaziyatda omadimiz kelmadi. "Dinamo" menga sovg‘alar taklif qilmadi. Ularni ko‘rib chiqqandik. "Dinamo" yaxshi futbol o‘ynaydi: ular himoyaga yotib olmaydi, oldinga harakatlanadi.

Mashg‘ulotlarda penaltilar borasida ishlamadik. Lekin darvozabonlarimiz raqibning penaltilarini ko‘rib chiqishdi. Shu sababli posbonimiz bugun ikkita seyv amalga oshirdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:28, 26.09.2025.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик