Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" moliyaviy yilni zarar bilan yopadi

"Yuventus" moliyaviy yilni zarar bilan yopadi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubini moliyaviy muammolar ta’qib qilishda davom etmoqda, ammo inqiroz ko‘lami sezilarli darajada kamaymoqda.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, 2024/25 moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra, klub baribir zararga kiradi, ammo defisit miqdori o‘tgan yilgidan ancha kam bo‘ladi. Agar o‘tgan mavsum hisobotida "byankonerilar" 199 million yevro miqdorida ulkan zarar ko‘rgan bo‘lsa, endi bu summa 40-50 million atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

A Seriya joriy mavsumida Turin klubi 4 o‘yinda 3 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. Keyingi turda "Yuventus" o‘z maydonida "Atalanta"ni qabul qiladi, bellashuv 27 sentyabrga belgilangan.

Kiritildi: 08:24, 26.09.2025.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик