Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Paxtakor» - «Dinamo»: Bu vaziyat penalti emasmi? (video)

«Paxtakor» - «Dinamo»: Bu vaziyat penalti emasmi? (video)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarimfinali doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Paxtakor» mehmoni bo‘lib, turnirni alamli tarzda yakunladi.

Vadim Abramov shogirdlari mezbonlarga qarshi bahsda 120 daqiqa davomida mardonavor kurashib, faqat penaltilar seriyasida (0:0, 2:4) omadsizlikka uchrashdi, garchi, asosiy vaqtning o‘zida g‘alaba qozonish mumkin bo‘lgan paytda. Buning uchun VAR tom ma’noda ishlashi kifoya edi.

«Paxtakor» – «Dinamo» uchrashuvidan oldin O‘zbekistonda ilk bor bosh hakam VAR tekshiruvidan keyingi yakuniy qarorini butun stadion bo‘ylab e’lon qilishi ma’lum qilindi. Hakam qarorining e’lon qilinishi Yevropa va jahon arenalarida sinovdan o‘tgani va bu ilg‘or tajriba endi O‘zbekistonda ham futbol o‘yinlarida shaffoflikni oshirishda samarali vosita ekani O‘zbekiston hakamlar markazi tomonidan e’tirof etildi.

O‘yindan oldin stadionda shaxsan Hakamlar markazi rahbari Ma’mur Saidqosimov buni sinovdan o‘tkazayotganini ko‘rib, ochig‘i quvongandik. Zero, «Jar» stadionida «Paxtakor»ga qarshi kechgan o‘tgan yilgi bahsda to‘satdan VAR ishlamay qolgani, oqibatda Cheranning ofsayddan urgan goli inobatga olingani, yana 2ta penalti belgilangani bilan bog‘liq voqealar yodimizda.

Afsuski, «Paxtakor» bilan o‘yinda shaxsan Hakamlar markazi rahbari nazoratchilik qilayotganiga qaramay, o‘yinning 25-daqiqasidagi vaziyat roppa-rosa bir yil avvalgidek «VAR bilan bog‘liq voqealar yana takrorlanayaptimi?» qabilidagi savollarni tug‘dirdi. Chunki «Paxtakor» jarima maydoni ichida mezbonlar himoyachisi Dilshod Saidov «Dinamo» yarimhimoyachisi Richard Fraydeyni chalib yiqitgan edi. Bosh hakam Doston Rahmonov ko‘z o‘ngidagi qoida buzilishini ilg‘ay olmagandir, ammo VARdagi hakamlar Ibrohim Ismoilov va Aleksandr Sidorov nega bunga ko‘z yumdilar? O‘yin davomida birorta vaziyat VARda tekshirilmaganidan kelib chiqsak yo bu safar ham VAR «ishlamay» qoldimikin?

Umuman olganda, «Dinamo»ning «Paxtakor»ga qarshi o‘yinlarida hakamlarning Samarqand jamoasi zarariga ishlayotgan qarorlari an’anaga aylanayotgani xavotirli. Har holda tarkibdagi jarohatlar, ijaraga olingan o‘yinchining va’daga muvofiq maydonga tushirilmaganiga qaramay, asosini milliy jamoa o‘yinchilari tashkil etadigan «Paxtakor»ga qarshi 120 daqiqalik jangovar o‘yinda maydondagi yana bir jamoaning  qarori natijaga ta’sir qildi.

«Dinamo» PFK hakamlik bo‘yicha yana rasmiy shikoyat kiritadimi? Yo‘q, Jizzaxdagi o‘yindan keyin reglamentga binoan PFL hisob raqamiga 10 million so‘m o‘tkazib, Hakamlar markazi rahbari Ma’mur Saidqosimov nomiga xat yo‘llagan va komissiya «So‘g‘diyona» - «Dinamo» (1:1) o‘yinining 90+6-daqiqasida belgilangan penalti noto‘g‘ri qaror bo‘lganini tan olib, hakamlarga chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi. Natijada, e’tiroz o‘rinli ekani sabab PFL «Dinamo» hisob raqamiga 10 million so‘mni qaytargan, ammo jamoamiz hakamlarning navbatdagi xatosi sabab qo‘ldan chiqargan muhim 3 ochkoni hech kim qaytarib bera olgani yo‘q. Shunday ekan, bu safar ham qimmatli vaqtni behuda ishlarga sarflamoqchi emasmiz. Ehtimol, vazifasidan kelib chiqqan holda O‘zFHM final yo‘llanmasi taqdirini hal qilishi mumkin bo‘lgan Fraydey yiqitilgan vaziyat bo‘yicha bayonot berar, qolgani esa hakamlarning vijdoniga havola...

Usmon Ibodov, «Dinamo» PFK matbuot kotibi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:32, 26.09.2025.
O'qildi: 3157 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.