Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Aleksandr Xomyakov: «Nodirjon Ahmadjonov chinakamiga juda chiroyli gol urdi»

Aleksandr Xomyakov: «Nodirjon Ahmadjonov chinakamiga juda chiroyli gol urdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Buxoro” —  “So‘g‘diyona” (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
—  Kelinglar, savollarni qisqa qilamiz va bayram nishonlaymiz. Bu g‘alaba, avvalo, jamoanikidir. Chunki men yaqinda keldim va “Buxoro” men kelgunimga qadar katta yo‘lni bosib o‘tgan edi. Avval guruhdan chiqdi, keyin chorak finaldan o‘tdi. Bugungi bahsda ham maksimum kuchni berdik. Men qo‘lga kiritilgan g‘alaba va Kubok finaliga chiqqanimiz uchun jamoada barcha futbolchilarga rahmat aytaman. “Buxoro” menga ikkinchi bor finalda o‘ynash imkonini berdi va bundan juda xursandman. Og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. Qo‘shimcha taymlarda o‘ynadik, lekin taslim bo‘lmadik.

— Bugun zaxiradan tushgan yosh futbolchi Nodirbek Ahmadjonov supergol urib jamoani finalga olib chiqdi.
— Qo‘lga kiritilgan muhim g‘alabada barcha futbolchilarning hissasi bor. Biz uchrashuv qaydnomasi ro‘yxatiga kimlarni kiritgan bo‘lsak, hamma o‘z hissasini qo‘shdi. Men uchun asosiy tarkibda tushgan o‘yinchi bilan zaxiradan kirgan futbolchi bir xil. Hamma imkoniyatga ega. Kim gol urishining farqi yo‘q, asosiy narsa —  g‘alaba. Albatta, Nodirjon uchun xursandman. U chinakamiga juda chiroyli gol urdi. O‘yinga tezda kirishib ketdi, o‘ziga ishonch bilan zarba berdi. Hammaga rahmat, endi bayram qilamiz!

Manba: https://t.me/FKBUXORO04
Kiritildi: 14:59, 26.09.2025.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик