Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mirko Yelichich: «Gol urib olganimizdan keyin e’tiborni hisobni saqlab qolishga qaratdik va himoyalandik»

Mirko Yelichich: «Gol urib olganimizdan keyin e’tiborni hisobni saqlab qolishga qaratdik va himoyalandik»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Pro-liganing 15-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Aral"ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Bugun shunday o‘yini bo‘lishini bilardik. Chunki "Aral" tajribali jamoa, tarkibdagi futbolchilar uzoq vaqtdan buyon birga o‘ynab kelishmoqda va har bir o‘yinga katta kuch bilan tayyorlanadi. Balki bugun biz chiroyli o‘yin ko‘rsatmagandirmiz. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilib turgandik. Biroq gol urib olganimizdan keyin e’tiborni hisobni saqlab qolishga qaratdik va himoyalandik. Bu oson ish emas. Qarshi hujumdagi vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Natijadan mamnunman, ammo o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak.

– Bugun Momchilo Rasho hamda Nikola Popovich zaxirada qoldirildi. Bu nima bilan bog‘liq?
– Momchilo mashg‘ulotlarda tizzasida noqulaylik his qildi. Kecha mashg‘ulotlarda uning harakatlarini kuzatib bordik va u erkin shug‘ullana olmadi. Shu sababli uni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildik. U ko‘p vaqt mobaynida tuzalishga harakat qildi, shu sababli asosiy tarkibda o‘ynay olmasdi. Nikola xususida to‘xtaladigan bo‘lsam, Shodiyor Shodiboyev ham o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Unga imkoniyat berishimiz kerak edi. Shodiboyev bugun yaxshi o‘ynadi, bu ijobiy holat.

– Bugun Abdushukur Mahamatov gol urdi va bu jamoaga g‘alaba keltirdi. Ushbu futbolchi haqida fikringiz.
– Uni o‘tgan yildan beri bilaman, "Paxtakor"da uning o‘yinlari menga ma’qul kelgan. Yosh bo‘lsa-da, juda sifatli futbolchi. Ayrim jihatlarini yaxshilash kerak. U kelasi yil uchun ham ishlashda davom etmoqda. Uning futbolini tushunish sifati juda yaxshi, barchasini tez ilg‘ab oladi. Biroq unga kuch yetishmayapti. Umuman olganda u yaxshi futbolchi.

– Ushbu g‘alabadan keyin "Lokomotiv" peshqadamlikka qaytdi. Oldindagi o‘yinlar haqida gapirsangiz.
– Har bir uchrashuv juda muhim. O‘yinlar orasida ko‘p vaqt bor, shu sababli bugun yutsang, keyingisida yutqazishing hech gap emas. Bunda raqibning qanday darajada ekanligini farqi yo‘q. Har bir o‘yinga boshqacha qarash kerak, unda raqibning o‘yin uslubini, ularning o‘yinga qanday qarashini hisobga olish kerak. Shu sababli har haftada yangicha raqib uchun tayyorlanishimiz kerak bo‘ladi. Biz uchun asosiysi – yaxshi futbol namoyish qilish. Bu pallada ochkolar ham juda muhim. Lekin biz bu ochkolarni qay tariqa qo‘lga kiritishimizga ham qaraymiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:07, 26.09.2025.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик