Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandan so‘ng uni eng ko‘p hayajonlantirgan tabrik haqida gapirdi

Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandan so‘ng uni eng ko‘p hayajonlantirgan tabrik haqida gapirdi

Baho:
+1 | -

Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandan keyin uning qalbini eng ko‘p junbushga keltirgan tabrik kimdan bo‘lganini oshkor qildi.

«Men uchun ayniqsa ta’sirchan bo‘lgan tabrik? Bu Lionel Messidan edi. U menga shaxsan yozdi. Shuningdek, “Barselona”dagi sobiq murabbiyim Xavi Ernandes ham yozdi. Ko‘plab sobiq “Barsa” futbolchilari — Luis Suares va boshqalar ham xursand bo‘lishdi. “PSJ” futbolchilari ham tabriklashdi. Ashraf Hakimiy, murabbiy, Luis Kampush va boshqalar tabrik ham yo‘lladi», — deya Dembelening so‘zlarini Goal nashri France Footballga tayanib yozdi.

O‘tgan mavsumda Dembele klub darajasida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol va 16 ta golli uzatma qayd etdi. «PSJ» safida u Fransiya chempioni, milliy Kubok va Superkubok, shuningdek, Chempionlar ligasi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:42, 28.09.2025.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик