Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yana pastladi, Javohir Sindorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yana pastladi, Javohir Sindorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi (FIDE) sentyabr oyining yakuni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Reyting jadvalining kuchli 100 talik ro‘yxatidan O‘zbekistonning 5 nafar grossmeysteri joy oldi.

Reytingda Magnus Karlsen (Norvegiya) 2839 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda. Uning reyting ochkolari o‘zgarmagan bo‘lsa-da, yetakchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinni amerikalik Hikaru Nakamura (2816), kuchli uchlikni esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana (2789) yakunlagan.

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 2750 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi. Bu avvalgi oyga nisbatan 1 pog‘ona past. E’tiborlisi, u avgust oyida 2748 ochko bilan 11-o‘rinda edi. Garchi ochkolari 2 ballga oshgan bo‘lsa-da, niderlandiyalik Anish Giri reytingda keskin ko‘tarilib, Abdusattorovni bir pog‘ona pastlashiga sababchi bo‘ldi.

Javohir Sindorov esa reytingda O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri bo‘lib qolmoqda. U 2721 ochko bilan 24-o‘rinni saqlab qolgan. Uning reytingdagi o‘rni o‘tgan oy bilan bir xil bo‘lsa-da, Sindorovning hisobidagi ballar miqdori 1 ochkoga kamaygan (avgustda 2722 edi).

Nodirbek Yakubboyev reytingda 5 pog‘ona yuqoriladi. Avgustda u 2681 ochko bilan 45-o‘rinda edi, hozir esa 2689 ochko bilan 40-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov 2671 ochko bilan 47-o‘ringa tushgan. U o‘tgan oyda 46-o‘rinda edi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Shamsiddin Vohidov reytingda 3 pog‘ona pastladi. Hozirda u 2640 ochko bilan 86-o‘rinni band etmoqda (avgustda 83-o‘rin).

FIDE jamoaviy reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi 2601 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:15, 01.10.2025.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик