Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

UYEFA «Makkabi»ni Yevropa ligasidan chetlatadi

UYEFA «Makkabi»ni Yevropa ligasidan chetlatadi

Baho:
+3 | -

Agar Isroil UEFAdan chetlatilsa, Tel-Avivning «Makkabi» klubi o‘rniga Yevropa ligasida Kiyevning «Dinamo»si ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda "The Guardian" nashri.

«UEFA tayyorlayotgan va shu haftada ijroiya qo‘mitasiga ovoz berish uchun kiritilishi kutilgan rejalarga ko‘ra, Isroil faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri UEFA tomonidan o‘tkaziladigan turnirlardan chetlatiladi. Bu degani, Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari Millatlar ligasida qatnashmaydi, Tel-Avivning «Makkabi» klubi esa bu mavsum Yevropa ligasidan chiqarib yuboriladi.

«Makkabi» payshanba kuni Yevropa ligasi 2-turida Zagrebning «Dinamo»siga qarshi o‘ynashi kerak. Ushbu uchrashuvning bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, ammo bu klub uchun turnirdagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin. O‘rniga boshqa jamoa izlanadi, eng ehtimoliy nomzod — saralashda isroilliklarga yutqazgan Kiyevning «Dinamo»si. Biroq bu qaror Konferensiyalar ligasida ham o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin», — deb yozadi manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA ijroiya qo‘mitasi a’zolarining aksariyati Isroilni chetlatish tarafdori ekani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 08:04, 02.10.2025.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик