"Kristal Pelas" sport rahbariyati yangi markaziy himoyachi izlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bu haqda Sun Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "burgutlar" yanvar yoki keyingi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Mark Gexiga o‘rinbosar qidirmoqda. Ayni damda "Chelsi"dan Josh Achimpong va "Sporting"dan Usmon Diomande "Kristal Pelas" e’tiborida.
Joriy mavsumda Gexi barcha turnirlarda o‘nta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli himoyachining narxi 45 million yevroni tashkil etadi.













