Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Manchester Siti” Erling Holandga narx belgiladi

“Manchester Siti” Erling Holandga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasida to‘p tepayotgan norvegiyalik hujumchi Erlin Holandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta jamoani kuchaytirishni istamoqda. Ularning asosiy maqsadi 24 yoshli Holand bo‘lib, hozirda uni sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Norvegiyalik forvardning transfer narxi taxminan 125 million yevro baholangan. Klub rahbariyati ushbu xaridni amalga oshirish maqsadida bir nechta futbolchilardan, jumladan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo bilan xayrlashishga tayyor. Shuningdek, Dani Olmo va Fermin Lopes kabi futbolchilar ham sotuvga qo‘yilishi mumkin.

Futbolchining o‘zi esa klub rahbariyatiga shart qo‘ygan. Agar “Manchester Siti” ushbu mavsum ham sovrinlarni qo‘lga kirita olmasa, futbolchi boshqa jamoaga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. “Shaharliklar” esa uning talabiga ijobiy javob bergan. Xaridorlar norvegiyalik uchun 250 million yevro to‘lashga rozi bo‘lsa, klub futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Holand barcha turnirlar doirasida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:54, 04.10.2025.
O'qildi: 4128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.