Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Italiyalik jurnalist: «JCHda O‘zbekiston va Italiya milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishini istardim»

Italiyalik jurnalist: «JCHda O‘zbekiston va Italiya milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishini istardim»

Baho:
+ | -

Italiyalik jurnalist Arturo Leonchi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga Fabio Kannavaro tayinlanganiga munosabat bildirdi.

Uning fikricha, bu Kannavaro uchun juda katta imkoniyat — u saralash bosqichlarini chetlab o‘tib, darhol 2026 yilgi jahon chempionatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

— Menimcha, bu Kannavaro uchun orzu bo‘lgan ish. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga boradi, saralashsiz. Uning Osiyoda ish tajribasi bor, Italiyada ham ozgina faoliyat yuritgan. Lekin terma jamoa bilan ishlashda bu unchalik muhim emas. Asosiysi — u yirik musobaqalarda ulkan tajribaga ega. Unga omad tilayman! Juda istardimki, jahon chempionatida Italiya va O‘zbekiston to‘qnash kelsin. Kannavaro — Gattuzo! Bu ajoyib bo‘lardi! — dedi Leonchi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlaydi. Ayni paytda Italiya terma jamoasini Jennaro Gattuzo boshqarmoqda.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 08:22, 08.10.2025.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик