Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Pogba keyingi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi

Pogba keyingi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Doping qabul qilgani uchun diskvalifikasiya muddatini o‘tab bo‘lgan "Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba hamon jamoa safida debyut qila olmayapti. Bu haqda Nice-Matin xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Monako" yarim himoyachisi mashg‘ulotlarda o‘ng sonidagi muammolardan shikoyat qilgan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, Pogba mamlakat chempionatining 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Anje"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

32 yoshli Pogba o‘tgan yozda "Monako" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgunga qadar u "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:51, 10.10.2025.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик