Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Skoulz dunyoning eng yaxshi besh yarim himoyachisini sanab o‘tdi

Skoulz dunyoning eng yaxshi besh yarim himoyachisini sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi besh nafar yarim himoyachisini sanab o‘tdi.

Reytingni kutilganidek Pedri ("Barselona") boshqardi, uni afsonaviy ingliz yaqinda o‘zining sevimli zamonaviy futbolchisi deb atagandi. Ikkinchi o‘ringa Skoulz yana bir ispaniyalik - Rodri ("Manchester Siti") ni qo‘ygan bo‘lsa, uchlikni "PSJ"dan portugaliyalik Vitinya yakunlab berdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar argentinalik Aleksis Mak Allister ("Liverpul") va niderlandiyalik Frenki de Yong ("Barselona") ga nasib etdi.

Pol Skoulz butun futbolchilik faoliyatini "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan. Sobiq yarim himoyachi 2013 yilda butsalarini mixga ilgan, uning hisobida "qizil iblislar" safida 700 dan ortiq o‘yin bor.

Kiritildi: 07:47, 13.10.2025.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик