Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Habib Nurmagomedovning O‘zbekistonga kelishi sababi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning O‘zbekistonga kelishi sababi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

UFCning sobiq mutlaq chempioni, aralash jang san’ati (MMA) yulduzi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston Aralash jang san’ati assosiasiyasi taklifiga binoan Toshkentga kelgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida Nurmagomedov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Jar” sport majmuasida joylashgan assosiasiyaning markaziy idorasi faoliyati bilan tanishgan.

Dog‘istonlik sportchini assosiasiya raisi Aziz Toshpo‘latov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov hamda terma jamoa murabbiylari va sportchilar kutib oldi.

Tadbir davomida mehmonlar aralash jang san’atining O‘zbekistondagi rivojlanishi, sportchilarning tayyorgarlik jarayoni va mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishtirilgan. Shuningdek, sport yo‘nalishida xalqaro tajriba almashish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilingan.

Nurmagomedov uchrashuvda so‘zga chiqib, sportchilarning professional tayyorgarligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi:

“O‘zbekiston bugun boksda dunyodagi yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, eng ko‘p oltin medallarni qo‘lga kiritmoqda. Agar boshqa sport turlarida, jumladan aralash jang san’atida ham yoshlarga sharoit yaratilsa, ular ham yaqin kelajakda jahon sahnasida yetakchilardan bo‘lishi mumkin”, dedi Nurmagomedov.

Tashrif doirasida Habib Nurmagomedov yosh sportchilar bilan ham uchrashib, ularga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:45, 15.10.2025.
O'qildi: 1636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.