Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

JCHga chiqa olmagan Indoneziya Klyuyvertni ishdan haydadi

JCHga chiqa olmagan Indoneziya Klyuyvertni ishdan haydadi

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik mutaxassis Patrik Klyuyvert Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda mamlakat futbol assosiasiyasi xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan. Patrik 2025 yilning fevralidan beri Indoneziya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Jamoa o‘tgan haftada JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Iroq (0:1) terma jamoasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng indoneziyaliklar mundialga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Jahon chempionati kelasi yil Shimoliy Amerikaning uchta davlati - AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:33, 16.10.2025.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик