Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Real" tarbiyalanuvchisi A Seriyani "yondirmoqda"

"Real" tarbiyalanuvchisi A Seriyani "yondirmoqda"

Baho:
+ | -

Niko Pas A Seriya joriy mavsumida "Komo"ning 9 ta golidan 8 tasida ishtirok etdi.

"Yuventus" A Seriya 7-turida safarda "Komo"ga (0:2) imkoniyatni boy berdi. 21 yoshli argentinalik futbolchi dastlab Mark Kempfga assistentlik qildi, keyin o‘zi gol urdi.

Fransesk Fabregas bosh murabbiyligidagi jamoa Italiya chempionati-2025/26'da 7ta o‘yinda 9ta gol urdi va Pas ulardan faqat bittasida ishtirok etmadi.

Niko A Seriyaning 7 o‘yinida 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi - u gol+pas tizimi bo‘yicha ligada peshqadamlik qilmoqda. U golli uzatmalar bo‘yicha ham birinchi o‘rinda bormoqda, to‘purarlar ro‘yxatida esa "Milan" futbolchisi Kristian Pulishich bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Shuningdek, Pas "Real"dan Vinisius Junior (5+4) va "Bavariya"dan Luis Dias (5+4) bilan bir qatorda Yevropaning top-5 ligalarida kamida 4 ta gol urgan va kamida 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchilar uchligiga kiradi.

Niko "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Klub futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega.

Kiritildi: 18:19, 19.10.2025.
O'qildi: 3603 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик