Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Messi jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘lgan Argentina yoshlar terma jamoasiga yuzlandi

Messi jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘lgan Argentina yoshlar terma jamoasiga yuzlandi

Baho:
+1 | -

Argentina U-20 terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida marokashlik tengdoshlariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:2).

Yassir Zabirining dubli marokashliklarga g‘alaba keltirdi. Gollar 12 va 29-daqiqalarda kiritildi.

- Tushkunlikka tushmanglar, yigitlar! Ajoyib turnir o‘tkazdingiz. Garchi hammamiz sovrinni qanday ko‘tarayotganingizni ko‘rishni xohlagan bo‘lsak-da, siz bizga ko‘p quvonch keltirdingiz. Oq-ko‘k ranglar uchun kurashganingizni faxr bilan kuzatdik," - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida final o‘yini yakunlanganidan ko‘p o‘tmay.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda argentinaliklar Kolumbiya terma jamoasini minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, avvalroq Meksika (2:0) va Nigeriya (4:0) terma jamoalaridan ustun kelgandi.

Kiritildi: 08:09, 20.10.2025.
O'qildi: 3595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик