Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 0-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Maksim Shaskix: «Raqibning uslubi va kuchi asosida uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik»

Maksim Shaskix: «Raqibning uslubi va kuchi asosida uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik»

Baho:
+ | -

Ertaga “Andijon” OCHL 2 doirasida Bahraynning “Al-Xolidiya” jamoasini qabul qiladi. Bugun “Bobur arena” stadionida uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda "Andijon" ustozi Maksim Shaskix va himoyachi Shahzod Azmiddinov ishtirok etdilar.

Maksim Shaskix: “Xayrli kech. Ertangi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, shuni ayta olamanki, biz ertangi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni tahlil qilganimizda bu jamoani guruhimizdagi jamoalar ichida, o‘tgan safargi raqibimiz — Qatar klubidan kuchliroq deb ayta olaman. O‘yin tashkil etish jihatidan ham yaxshi jamoa. Jismonan baquvvat futbolchilariga ega va tezkor jamoa. Umid qilamanki, ertaga biz o‘zimizga kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz. Raqibning uslubi va kuchi asosida uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilaman, ertaga muxlislarimiz oldida yaxshi natija ko‘rsatamiz.”

Shahzod Azmiddinov: “Assalomu alaykum. Jamoamizning kayfiyati zo‘r. O‘yinga keladigan bo‘lsak, bu guruhimizdagi eng qiyin uchrashuvlardan biri bo‘ladi. Qo‘ldan kelganicha harakat qilib, "Bobur arena"da uch ochkoni qo‘lga kiritishga intilamiz. Murabbiylar shtabi bilan raqibning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rganib chiqdik. Hamma muxlislarni kutamiz va uch ochko "Bobur arena"da qoladi, degan umiddaman”.

— Oxirgi uchrashuvlarda himoyada muammolar borligi ko‘rilyapti. “Sho‘rtan”ni mag‘lub etgan bo‘lsa ham, darvozadan gollar o‘tkazib yubordi. Qisqa fursat ichida himoyadagi muammolarni bartaraf etishga harakat qilindimi?

Maksim Shaskix: “Har bir mashg‘ulotda aynan shu chiziqqa e’tibor beramiz. Xato qilmaslikka harakat qilamiz. Oldingi uchrashuvdagi xatolar taktik emas, balki texnik xato edi. Barchamiz insonmiz va shunday xatolar bo‘lishi tabiiy. Mashg‘ulotlar davomida shuning ustida ishladik. O‘ylaymanki, ertaga oldingi o‘yinda qilgan xatolarimizni takrorlamaymiz.”

— Ismoil Akinade qanday holatda? Balki u ertaga maydonga tushar?

Maksim Shaskix: “Har kuni maydonga qaytish uchun mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlamoqda. Ertaga u asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki zaxiradami — ayta olmayman. Qolaversa, ertangi uchrashuvda "Bobur arena"gaa ko‘plab muxlislarimiz kelishlarini kutamiz. Chunki ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga juda zarur.”

— “Al-Xolidiya” o‘tgan turda g‘alaba qozondi va siz raqibni o‘rganib chiqqaningizni aytdingiz. Siz uchun raqib safida qaysi futbolchi xavfli tuyuldi?

Shahzod Azmiddinov: “Ularni ko‘rib chiqdik. Hamma o‘yinchilari kuchli. Oldingi chiziqdagi 99-raqamli futbolchisi baquvvat va tezkor ekan. O‘sha futbolchini "ushlash"ga harakat qilamiz. 19-raqamli futbolchisi ham yaxshi ekan — paslari a’lo. Xudo xohlasa, biz tayyormiz, nolga "ushlash"ga harakat qilamiz. Xudoga shukr, hali Osiyo Chempionlar ligasida gol o‘tkazib yubormadik. Oxirigacha shu tempda davom etamiz”.

— “Sho‘rtan” bilan uchrashuvda yigitlarda ruhiy yoki asabiy charchoq bo‘ldimi? Ertagi o‘yinda jamoaning ruhiy holati qanday?

Shahzod Azmiddinov: “Har tomonlama tayyormiz. OCHL — o‘z nomi bilan katta musobaqa. Hamma bunga boshqacha kayfiyat bilan tushadi. Xudo xohlasa, hamma tayyor. Uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz”.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:00, 21.10.2025.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик