Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Napoli» «Inter»ni mag‘lub etdi va A seriyada peshqadamlikni qo‘lga oldi

«Napoli» «Inter»ni mag‘lub etdi va A seriyada peshqadamlikni qo‘lga oldi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 8-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Napoli» o‘z maydonida «Inter»ni 3:1 hisobida yengdi. Bellashuv Neapoldagi «Diyego Armando Maradona» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga Maurisio Mariani bosh hakamlik qildi.

Hisob 33-daqiqada ochildi — Kevin De Bryoyne penaltini aniq amalga oshirib, neapolliklarni oldinga olib chiqdi. 54-daqiqada Skott Maktominey hisobni 2:0ga yetkazdi. 59-daqiqada Hoqon Chalhanog‘lu penaltidan bitta javob to‘pini kiritdi. Biroq orqadan 66-daqiqada Frank Zambo Angissa uchinchi golni urdi va «Napoli»ning g‘alabasini mustahkamladi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Napoli» 18 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi. «Inter» esa 15 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.

Kelasi turda «partenopeylar» 28 oktyabr kuni mehmon sifatida «Lechche» bilan to‘qnash keladi, «neradzurrilar» esa 29 oktyabr kuni o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qiladi.

Italiya — A Seriya. 8-tur
25 oktyabr 2025 yil, shanba. 21:00 (Toshkent vaqti)
Neapol, «Diyego Armando Maradona» stadioni
«Napoli» (Neapol) — «Inter» (Milan) — 3:1
Gollar: 1:0 — De Bryoyne (33', penalti), 2:0 — Maktominey (54'), 2:1 — Chalhanog‘lu (59', penalti), 3:1 — Angissa (66')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:07, 25.10.2025.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик