Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

“Real” hujumchisi qishda Fransiya klubiga o‘tadi

“Real” hujumchisi qishda Fransiya klubiga o‘tadi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik yanvar oyida Fransiyaning “Lion” jamoasiga ijara asosida o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Lion” 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan va tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Fransuz klubi Endrikka o‘z loyihasini taqdim etgan, ijara muddati esa 2026 yil iyunigacha davom etishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Endrik kelasi oyda barcha takliflarni ko‘rib chiqadi, biroq bir nechta manbalar braziliyalik hujumchi aynan “Lion” variantini tanlashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Avvalroq OAVda futbolchiga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “qizil iblislar” ham Endrikni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik hujumchi “Real” safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsumda Endrik barcha musobaqalar doirasida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:09, 30.10.2025.
O'qildi: 3415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.