Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Taekvondo. Najmiddin Qosimhojiyev endi jahon chempioni!

Taekvondo. Najmiddin Qosimhojiyev endi jahon chempioni!

Baho:
+4 | -

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimhojiyev (-74 kg) Usi shahrida (Xitoy) yakunga yetib borayotgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz final bahsida Olimpiya o‘yinlari va Jahon chempionati sovrindori, Braziliyaning tajribali vakili Edival Pontes bilan to‘qnash keldi. Quvonarlisi, shiddatli ruhda kechgan bahsda Qosimhojiyev raqibi ustidan zafar quchib, jamoamiz hisobiga qimmatli oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, Najmiddin faoliyatida ilk marotaba Jahon chempionati medaliga, bo‘lganida ham OLTIN medalga ega chiqdi. Terma jamoamiz esa Usi–2025 Jahon chempionatini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi.

1. Najmiddin Qosimhojiyev (O‘zbekiston)
2. Edival Pontes (Braziliya)
3. Magomed Abdusalamov (neytral maqomdagi sportchi)
3. Amir Sina Baxtiyoriy (Eron)

Barakalla, Najmiddin! O‘zbekiston Taekvondo WT Assosiasiyasi Najmiddin Qosimhojiyev hamda uning yaqinlarini, barcha hamyurtlarimizni mazkur natija bilan muborakbod etadi!

Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt
Kiritildi: 16:00, 30.10.2025.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.