Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Fergyusonni hayratda qoldirgan futbolchi kim edi?

Fergyusonni hayratda qoldirgan futbolchi kim edi?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida ser Aleks Fergyuson o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlagan futbolchi bor. Ser eng katta afsusi sifatida «Yuventus»dan Alessandro Del Pyeroni sotib ololmaganini aytadi.

Italiyalik hujumchi 2002 yilda, «MYU» «Yuventus» bilan o‘ynaganida Fergyusonni hayratda qoldirgan. O‘shanda mankunianliklar futbolchini sotib olishga uringan, 2006 yilda esa ikkinchi urinish amalga oshirilgan.

«Men «Yuventus» va uning agenti bilan bog‘landim. U mening taklifimni eshitmasdan rad etdi, «Yuventus» uning uchun eng yaxshi joy ekanligini va «Manchester Yunayted»ni hurmat qilsa-da, hech qachon oq-qora ranglarga xiyonat qila olmasligini aytdi. Bu afsuslanarli, chunki unga o‘xshash futbolchini boshqa ko‘rmaganman.

Men unga Italiya Jahon chempionatini qo‘lga kiritganidan keyin ham darhol murojaat qildim (2006 yil). O‘sha paytda «Real» ham uni kuzatayotgandi va «Yuventus» muammolarini hisobga olgan holda, men u uchun biz va «galaktikos» o‘rtasida adolatli kurash bo‘lishini tasavvur qilgandim.

Shuning uchun unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qildim: «Aleks, seni «Yunayted»da ko‘rishni istardim», dedim. «Sen jamoaning yulduzi bo‘lasan va birgalikda hamma narsani yutamiz». U kulib javob berdi: «Janob, o‘shandan beri hech narsa o‘zgarmaganini bilasiz», – deya esladi Fergyuson. 

Kiritildi: 16:21, 11.11.2025.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик