Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev jahon kubogining chorak finaliga chiqdi

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev jahon kubogining chorak finaliga chiqdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 5-bosqich doirasida javob o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Nodirbek Yoqubboyev bugun Gabriyel Sargisyan (Armaniston)ga qarshi oq donalarda o‘ynab, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Raqib 29-yurishda xato yurishni amalga oshirdi. Hamyurtimiz bu xatodan unumli foydalanib, katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. 35-yurishga kelib Nodirbek Farzinlarni almashishga majbur qilganidan keyin Sargisyan o‘z mag‘lubiyatni tan oldi.

Shu tariqa, Yoqubboyev musobaqa chorak finaliga chiqdi. Boisi, Nodirbek kecha raqib bilan qora donalarda durang qayd etgan edi.

Javohir Sindarov (2721) va germaniyalik Frederik Svene o‘rtasidagi javob o‘yini ayni paytda davom etmoqda. Kechagi o‘yinda Javohir g‘alaba qozongan edi. Bugun partiyada durang ham Sindarovni qanoatlantiradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:21, 15.11.2025.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик