Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Shaxmat. Javohir Sindarov ham jahon kubogi chorak finalida!

Shaxmat. Javohir Sindarov ham jahon kubogi chorak finalida!

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 5-bosqich doirasida javob o‘yinlari o‘tkazildi.

Javohir Sindarov ilk o‘yinda germaniyalik Frederik Sveneni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berib o‘tgandik. Javob o‘yinida esa shaxmatchilar deyarli bexato harakat qilishdi va 47-yurishga kelib durangga imzo chekishdi. Chunki, raqibda vaziyatni kuchaytirish uchun imkoniyat qolmagandi.

SHU tariqa, jahon kubogining chorak finaliga O‘zbekistonning ikki vakili — Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev yo‘l olishdi. Ular chorak finalda g‘alaba qozonishsa, yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:51, 15.11.2025.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.