Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

JCH-2026 ishtirokchilari soni 42 taga yetdi

JCH-2026 ishtirokchilari soni 42 taga yetdi

Baho:
+ | -

Yevropa va KONKAKAF mintaqasida JCH-2026 saralashining guruh bosqichi yakuniga yetdi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra yana 5 ta terma jamoa Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular — Avstriya, Ispaniya, Belgiya, Shotlandiya, Shveysariya milliy jamoalari. Yevropada yana 4 ta yo‘llanma mart oyida o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi.

KONKAKAF mintaqasidan esa 3 ta jamoa JCHga chiqdi. Ular orasida debyutant bor — Kyurasao! Bu jamoa saralashning so‘nggi turida Yamayka maydonida durangga o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Yamayka qit’alararo pley-offga ravona bo‘ldi.

Biz JCHda yana bir debyutantni ko‘rishimiz mumkin edi. Ammo Surinam so‘nggi turda Gvatemalaga yutqazib qo‘yib, yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi. "A" guruhida Panama JCHga boradigan bo‘ldi.

"S" guruhida esa kutilmagan jamoa g‘olib chiqdi — Gaiti! Bu jamoa Gonduras va Kosta-Rikani ortda qoldirdi. So‘nggi turda Gonduras va Kosta-Rikaning o‘zaro durang o‘ynashi aynan Gaitiga qo‘l urdi. Gaiti milliy jamoasi o‘z tarixida bir martagina — olis 1974 yilgi Mundialda qatnashgan.

Shu tariqa, JCHga yo‘l olgan jamoalar soni 42 taga yetdi. Qolgan 6 ta yo‘llanma 2026 yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi (Evropadan 4 ta, qit’alararo pley-off orqali 2 ta).

JCHga qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni o‘tkaziladi.

1. AQSH (mezbon)
2. Meksika (mezbon)
3. Kanada (mezbon)
4. Yaponiya
5. Yangi Zelandiya
6. Eron
7. Argentina
8. O‘zbekiston (debyut)
9. Janubiy Koreya
10. Iordaniya (debyut)
11. Avstraliya
12. Braziliya
13. Ekvador
14. Urugvay
15. Kolumbiya
16. Paragvay
17. Marokash
18. Tunis
19. Misr
20. Jazoir
21. Gana
22. Kabo-Verde (debyut)
23. Janubiy Afrika Respublikasi
24. Qatar
25. Angliya
26. Saudiya Arabistoni
27. Kot-d'Ivuar
28. Senegal
29. Fransiya
30. Xorvatiya
31. Portugaliya
32. Norvegiya
33. Germaniya
34. Niderlandiya
35. Avstriya
36. Ispaniya
37. Shotlandiya
38. Belgiya
39. Shveysariya
40. Kyurasao (debyut)
41. Panama
42. Gaiti

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:48, 19.11.2025.
O'qildi: 2690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.