Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

SPL. "An-Nasr" yirik hisobda "Al-Xalij"ni taslim qildi

SPL. "An-Nasr" yirik hisobda "Al-Xalij"ni taslim qildi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni chempionatining 9-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "Al-Xalij"ni mag‘lub etdi - 4:1.

Mezbonlar safida Joau Feliks va Uesli birinchi bo‘limda gol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Sadio Mane va Krishtianu Ronaldu tabloga o‘z ismini yozdirib qo‘ydi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Premyer-ligasining joriy mavsumida 10-golini urdi.

Mehmonlar safida yagona gol Murod Al-Xavsaui hisobiga yozildi.

"An-Nasr" qatorasiga 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 27 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Al-Xalij" 14 ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:51, 24.11.2025.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик