Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

«London Chess Classic». Nodirbek Abdusattorov ketma-ket oltinchi g‘alabaga erishdi va g‘oliblikka juda yaqin turibdi

«London Chess Classic». Nodirbek Abdusattorov ketma-ket oltinchi g‘alabaga erishdi va g‘oliblikka juda yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Angliyadagi «London Chess Classic» turnirida kecha 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ketma-ket oltinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz bu safar angliyalik Lyuk MakSheynga qarshi oq donalarda o‘ynadi. O‘zbek shaxmatchisi debyutdan kichik ustunlik bilan chiqdi hamda pozison jihatdan aniq yurishlarni amalga oshirib, raqib yo‘l qo‘yayotgan kichik noaniqliklar evaziga o‘z ustunligini oshirib bordi. 26-yurishda Abdusattorovning raqibning zaif piyodalaridan birini urib oldi. Shundan so‘ng 30-yurishda tomonlar Farzinlarni almashishdi.

Nodirbek ortiqcha piyodani oxir-oqibat Farzinga olib chiqish uchun texnik imkoniyatga ega ekanini tushungan MakSheyn 56-yurishda taslim bo‘lishga qaror qildi.  

Ushbu g‘alabadan so‘ng Nodirbek 6,5 ochko bilan peshqadamlikni yanada mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi Alirizo Firuzja bu safar ham durang o‘ynadi va musobaqa tugashiga 2 tur qolganida o‘zbek sportchisidan 2,0 ochko ortda qolmoqda. Turnirda 3 dekabr — dam olish kuni. 4 dekabr kuni esa Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Firuzjaga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:19, 03.12.2025.
O'qildi: 2227 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.